Янгиликлар
Intizomiy jazosi bor xodimga Mustaqillik bayrami munosabati bilan mukofot bersa bo'ladimi?
Intizomiy jazosi bor xodimga Mustaqillik bayrami munosabati bilan mukofot bersa bo'ladimi?
MK 299-moddasi 5-qismiga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.
MK 315-moddasi 1-qismiga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak.
MK 252-moddasi 3-qismiga ko’ra, mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilmagan rag‘batlantiruvchi mukofot bir marta beriladigan xususiyatga ega bo‘lgan hamda ish beruvchining qaroriga ko‘ra xodimning oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar va shartlarga erishganligi uchun emas, balki muayyan voqealar (yubileylar, bayram sanalari va boshqalar) yuz berganligi yoki xodim tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilganligi (ish beruvchining alohida muhim topshirig‘ini bajarish, ratsionalizatorlik taklifini kiritish va boshqalar) munosabati bilan to‘lanadigan pul mukofotidir.
Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, bayram sanalari bilan beriladigan mukofotlar mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydi va mehnat natijalariga asoslanmaydi. Shuning uchun ham, intizomiy jazo amal qilayotgan xodimga bayram mukofoti berilmaydi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsulti
M.Ahmadov