Янгиликлар
Taʼtildagi xodimga intizomiy jazo qoʼllasa boʼladimi?
Taʼtildagi xodimga intizomiy jazo qoʼllasa boʼladimi?
Taʼtildagi xodimga mehnat shartnomasini bekor qilish (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari) tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʼllab boʼlmaydi. Chunki, MK 163-moddasiga koʼra, xodim mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan taʼtillarda boʼlgan davrlarda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʼra bekor qilish taqiqlanadi, korxona tugatilgan hollar bundan mustasno.
Taʼtildagi xodimga hayfsan, jarima tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʼllash boʼyicha qonunchilikda toʼgʼridan toʼgʼri taqiq yoʼq. Lekin jazo qoʼllashda MK 313-moddasidagi qoidalarga rioya qilish shart. Xodimdan tushuntirish xati olish va yana boshqa harakatlar. 314-moddasiga koʼra, xodim vaqtincha ishga layoqatsiz boʼlgan yoki taʼtilda boʼlgan davrda intizomiy jazoni qoʼllash muddati oʼtmay turadi.
Shuning uchun ham, xodim taʼtildan qaytgach hayfsan, jarima tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʼllashni tavsiya qilamiz.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsulti
M.Ahmadov