Янгиликлар
“MAS’ULIYATI CHYeKLANGAN JAMIYATLAR TO‘GʻRISIDA”GI QONUNGA YANGI NORMALAR KIRITILMOQDA
“MAS’ULIYATI CHYeKLANGAN JAMIYATLAR TO‘GʻRISIDA”GI QONUNGA YANGI NORMALAR KIRITILMOQDA
Qonunchilik palatasining bugungi majlisida “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda kabul qilinib, Senatga yuborildi.
Qanday o‘zgarishlar nazarda tutilmoqda?
Loyihada MCHJlarga quyidagi yangi huquqlar berilmoqda:
MCHJ ixtiyoriga ko‘ra, jamiyat ishtirokchilari ustav fondining (ustav kapitalining) hisobi shartnoma asosida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan yuritilishi mumkinligi;
o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilar, agar ushbu harakatlar jamiyatning faoliyat ko‘rsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirishiga olib kelsa, jamiyatning ijro etuvchi organining arizasi asosida sud tartibida ishtirokchilar safidan chiqarilishi mumkinligi begilanmoqda;
MCHJ ishtirokchilarining ulushlari bilan bog‘liq nizolar sud tomonidan ko‘rib chiqilayotganda jamiyat ustav fondiga o‘zgartirishlar kiritish sud tartibida cheklanishi mumkin bo‘lmoqda;
Shuningdek, MCHJ o‘zining ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan faoliyat turi bilan ham shug‘ullanishi mumkinligi to‘g‘risidagi norma kiritilishi nazarda tutilmoqda;
Bundan tashqari, MCHJ ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi bayonnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng 5 ish kuni ichida yig‘ilish kotibi tomonidan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi bayonnomasi nusxasini barcha ishtirokchilarga pochta yoki elektron pochta orqali yuborishi shartligi nazarda tutilmoqda;
Loyihaga ko‘ra, ishtirokchilar tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa ishtirokchilarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi lozimligi qonun bilan mustahkamlanmoqda.
Ushbu qonun loyihasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatini yanada shaffof, barqaror va huquqiy jihatdan mustahkam tarzda tashkil etishga hamda tadbirkorlik sub’yektlariga qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.
O`rta Chirchiq tumani adliya bo`limi,
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Ibragimov