Янгиликлар
Yozgi taʼtil davrida oʻqituvchilarning maktabda boʻlishi majburiymi?
Yozgi taʼtil davrida oʻqituvchilarning maktabda boʻlishi majburiymi?
Oʻquv yili yakunlandi, oʻquvchilar yozgi taʼtilga chiqdi. Endilikda maktablarda faqatgina oʻqituvchilar faoliyat yurityapti. Baʼzi maktab rahbarlari barcha oʻqituvchilardan har kuni soat 08:00 dan 16:00 gacha maktabda boʻlishni talab qilmoqda.
Bu talab qanchalik qonuniy? Keling, amaldagi mehnat qonunchiligiga asoslanib tahlil qilamiz.
________. Qonunchilikda qanday meʼyorlar bor?
Mehnat kodeksining 184-moddasiga koʻra, ruhiy, aqliy va asabiy zoʻriqish bilan bogʻliq ishlar bilan shugʻullanuvchi xodimlar uchun (bunga pedagoglar ham kiradi), haftalik ish vaqti 36 soatdan oshmasligi kerak.
Bu shuni anglatadiki, Pedagoglar ham aynan ana shu toifadagi xodimlar sirasiga kiradi. Demak, 1 stavkada ishlovchi oʻqituvchining kunlik ish vaqti (ish yuklamasi) – 6 soat.
2. Tushlik vaqti hisobga olinadimi?
Yoʻq. Mehnat qonunchiligiga koʻra, tushlik tanaffusi ish vaqtiga kirmaydi.
Agar kunlik ish vaqti 6 soat boʻlsa va tushlik uchun 1 soat ajratilsa, oʻqituvchi maktabda jami 7 soat boʻlishi mumkin.
Masalan:
Ish boshlanishi: 08:00
Tushlik: 12:00 – 13:00
Ish tugashi: 15:00
Demak, faqat toʻliq stavkada ishlaydigan oʻqituvchilargina 08:00 dan 15:00 gacha maktabda boʻlishi kerak.
O`rta Chirchiq tumani adliya bo`limi,
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Ibragimov