Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Ish yuklamasi qanday hisoblanadi?


Ish yuklamasi qanday hisoblanadi?

???? “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik xodimlari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” (roʻyxat raqami 3058) 4-bandiga koʻra:

▪️ 1–4-sinflarda:

1 stavka = 18 soat (haftalik yuklama) × 1 koeffitsiyent = 18 + 18 = 36 soat/hafta

▪️ 5–11-sinflarda:

1 stavka = 20 soat × 0,8 koeffitsiyent = 16 + 20 = 36 soat/hafta

Demak, toʻliq stavka ishlovchi oʻqituvchining haftalik ish yuklamasi 36 soatni tashkil etadi. Ish stavkasiga qarab maktabda boʻlish muddati farqlanadi

Barcha oʻqituvchilar bir xil vaqt davomida maktabda boʻlishi shart emas. Bu ularning stavkasi asosida aniqlanadi.

Misol uchun, oʻqituvchi 1 stavkada ishlaydi (haftasiga 36 soat). Bu holatda, u har kuni oʻrtacha 6 soat ishda boʻlishi lozim. Agar u yozgi taʼtil davrida maktabda boʻlsa, bu 6 soatdan oshmasligi kerak.

Ikkinchi holatda oʻqituvchining haftalik yuklamasi atigi 18 soat (yaʼni 0.5 stavka). Bu holda uning kunlik ish vaqti 3 soat atrofida boʻladi.

Demak, 0.5 stavkada ishlovchi oʻqituvchidan har kuni 6 soat maktabda boʻlishni talab qilish qonunga zid sanaladi.

________

Umumiy xulosa qiladigan boʻlsak,

???? Oʻqituvchilar mehnat taʼtilgacha maktabda faoliyat yuritishi lozim.

???? Ammo ular maktabda stavkasi asosida hisoblangan ish vaqti doirasida boʻlishi kerak.

???? Toʻliq stavkada ishlaydiganlar kuniga 6 soat,

???? Yarim stavkada ishlaydiganlar esa 3 soatgacha boʻlishi kifoya.

???? Tushlik tanaffusi (odatda 1 soat) ish vaqtiga kirmaydi va bu maktabda boʻlish vaqtini uzaytiradi, ammo ish vaqtini oshirmaydi.

???? Oʻqituvchilarning ortiqcha vaqt davomida maktabda majburiy boʻlishi – qonunchilikka zid!

O`rta Chirchiq tumani adliya bo`limi,

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti A.Ibragimov