Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

1-kurs talabani asosiy 0.5 stavka asosida ishga qabul qilsa bo‘ladimi yoki o‘rindosh qilib olinadimi?


1-kurs talabani asosiy 0.5 stavka asosida ishga qabul qilsa bo‘ladimi yoki o‘rindosh qilib olinadimi?

Agar talaba boshqa joyda ishlamasa, uni asosiy ish joyiga 0,5 stavka asosida asosiy shtatga qabul qilishingiz mumkin. Buning huquqiy asosi Mehnat kodeksining 186-moddasi bo‘lib, unga ko‘ra ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelishuv asosida xodimga to‘liqsiz ish vaqti (to‘liqsiz ish kuni yoki ish haftasi, shuningdek, ish kunini qismlarga bo‘lib belgilash) joriy etilishi mumkin.

 

Mehnat kodeksining 432-moddasida esa o‘rindoshlik tushunchasi berilgan bo‘lib, u asosiy ishidan tashqari, alohida mehnat shartnomasi asosida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarishni anglatadi. O‘qish joyi ish joyi hisoblanmaganligi sababli, talaba o‘rindoshlik asosida emas, balki asosiy shtatdagi ishga qabul qilinadi.

 

Bundan tashqari, ma’lumot o‘rnida aytamiz, Mehnat kodeksining 113-moddasiga muvofiq, kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba bilan, muddatli mehnat shartnomasi tuzish mumkin.

 

6.Investisiya faoliyati zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi

 

“Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan investisiya faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–255-son, 21.08.2025 y.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabrdan 2026 yil 1 oktyabrgacha investisiya platformalaridan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida quyidagi yo‘nalishlarda foydalanishga ruxsat beriladi:

 

qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va sotib olishda;

 

venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda;

 

kommandit shirkatlarga hissa kiritishda.

 

Investisiya platformalari operatori uchun quyidagi talablar belgilandi:

 

rezident yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi;

 

vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron reyestrga kiritilgan bo‘lishi;

 

o‘z faoliyatini vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshirishi;

 

investisiya platformasi orqali rasmiylashtirilgan shartnomalar reyestrini yuritishi.

 

O`rta Chirchiq tumani adliya bo`limi,

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti A.Ibragimov