Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalar joriy etiladi


Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalar joriy etiladi

“Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–130-son, 12.08.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 4 mln gektardan ortiq yer maydonlarida ekinlarni ekish va sug‘orish jarayonlarini raqamlashtirish;

qishloq xo‘jaligi sohasida joriy etilgan 30 tadan ortiq axborot tizimlarini “yagona nuqta”ga birlashtirish orqali foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligi va ishonchliligini ta’minlash.

2026 yil hosilidan boshlab qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘zlariga tegishli yer uchastkalariga ekish rejalashtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integrasion platformasiga (Agroportal) mustaqil joylashtirib boradi.

Agroportal qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat ko‘rsatishning “yagona nuqtasi” sifatida e’tirof etiladi.

Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestrini yuritish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (522-son, 20.08.2025 y.) bilan “Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ma’lumotlarni mazkur reyestrga kiritish yoki chiqarish bo‘yicha arizalar YAIDXP (my.gov.uz), davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali taqdim etiladi.

Ariza beruvchi o‘zi kelib, kredit byurosiga yozma murojaat etganda, ariza beruvchiga QR-kod qo‘yilgan ma’lumotnoma beriladi.

Davlat xizmatlari markazlari xizmatning natijasini u kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa ichida ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi ariza yuborilgan sana va vaqt, taqiq belgilangan yoki olib tashlangan sana va taqiq shartlari haqidagi ma’lumotlar shaxslarning kredit tarixida aks ettirib boriladi.

Davlat xizmatlari markazlari va kredit byurolari olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.

O`rta Chirchiq tumani adliya bo`limi,

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti  A.Ibragimov