Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Kriminogen vaziyati murakkab va og‘ir mahallalarda “namunali xavfsiz ko‘cha”va “namunali xavfsiz uy” tashkil etish” bo‘yicha namunaviy talablar tasdiqlandi.


“Kriminogen vaziyati murakkab va og‘ir mahallalarda “namunali xavfsiz ko‘cha”va “namunali xavfsiz uy” tashkil etish” bo‘yicha namunaviy talablar tasdiqlandi.

 

“Namunali xavfsiz ko‘cha” va “namunali xavfsiz uy”tashkil etishga oid infratuzilmaviy talablar quyidagilar:

 

tungi vaqtda ko‘chaning aholi istiqomat qiladigan va harakatlanadigan qismi to‘liq yoritilishi;

 

berk ko‘chalar, ichki yo‘laklar va aholi kam yuradigan, jinoyat sodir etilishi ehtimoli bo‘lgan qorong‘u hududlarning qisman yoritilishi;

 

transport vositalari uchun avtoturargohlarning texnik kuzatuv talablariga javob berishi;

 

ko‘chalarda noqonuniy (yoyma) savdo rastalari faoliyati tartibga solinishi;

 

qarovsiz yerto‘la, chordoq va chiqindixonalar mavjud bo‘lmasligi.

 

Og‘ir mahallalarda “namunali xavfsiz ko‘cha” va “namunali xavfsiz uy”lar tashkil qilish bo‘yicha aniq vazifalar har chorak va har oyda mahalla, tuman va viloyat darajasida ishlab chiqiladigan “yo‘l xaritalar”ga manzilli kiritiladi.

 

“Mahalla yettiligi” tomonidan “namunali xavfsiz ko‘cha” va “namunali xavfsiz uy”larning boshlanish va tugash nuqtalariga ushbu ijtimoiy maqomni bildiradigan stikerlar o‘rnatiladi.

O`rta Chirchiq tumani adliya bo`limi,

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti A.Ibragimov