Янгиликлар
Intellektual mulk huquqiy jihatdan ishonchli tarzda himoya qilinadi
Intellektual mulk huquqiy jihatdan ishonchli tarzda himoya qilinadi
Qonun (O‘RQ–1080-son, 08.08.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
???? Mazkur Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk ob’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni soddalashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
✔️ Qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, sanoat mulki ob’yekti ro‘yxatga olinganda patent talabnoma beruvchiga avtomatik tarzda elektron tizim orqali yuborilishi belgilandi.
???? Ilgari Sanoat mulki ob’yektiga patent berish ob’yekt ro‘yxatga olinganligi haqidagi ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilingan sanadan e’tiboran 10 kun o‘tganidan keyin amalga oshirilishi belgilangan edi.
✅ Shuningdek, qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, intellektual mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi nazarda tutildi.
18.Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–129-son, 07.08.2025 y.) qabul qilindi.
???? Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tizimi joriy etiladi.
???? Bunda xodimlarning lavozim maoshi yagona tamoyil asosida mehnatga haq to‘lashning yangilangan tarif setkasi hamda ko‘p yillik xizmati va lavozimini inobatga olgan holda tabaqalashgan tarif koeffisiyentlari asosida shakllantiriladi.
???? Rag‘batlantirish to‘lovlari boshqaruv xodimlari tomonidan erishilgan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida har oylik ustama, malaka (martaba) darajalari uchun va hisobot davri yakunlari bo‘yicha rag‘batlantirish (bonus) to‘lovlari shaklida to‘lanadi.
???? Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq to‘lash faqat mazkur Farmonda belgilangan shartlarda amalga oshirilib, Farmonda ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha ustamalar, mukofotlar va boshqa to‘lovlar to‘lash taqiqlanadi.
✅ 2025 yil 1 avgustdan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
▪️ lavozim maoshi;
▪️ eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) erishganligi uchun lavozim maoshiga har oylik ustamalar;
▪️ malaka (martaba) darajalari uchun to‘lovlar;
▪️ mukofotlash hamda bonus to‘lovlari.
O`rta Chirchiq tumani adliya bo`limi,
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Ochilboyev