Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi


Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (500-son, 07.08.2025 y.) bilan “Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga ko‘ra, davlat xizmati “ERP sport” tizimi orqali Sport vazirligi tomonidan ko‘rsatiladi.

 

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun BHMning 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

 

Trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi.

 

ERP sport” tizimida ma’lumotlar to‘liq shakllangandan so‘ng 1 ish kunida QR-kod qo‘yilgan holda elektron shaklda malaka toifasi to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtiriladi.

 

Bu haqida avtomatik tarzda trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali SMS-xabarnoma yuboriladi.

 

Malaka toifasi 4 yil muddatga beriladi.

 

O`rta Chirchiq tumani adliya bo`limi,

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev