Янгиликлар
PENSIYA OLISH HUQUQI VA TALABLARI
PENSIYA OLISH HUQUQI VA TALABLARI
Agar nogironlik belgilangan kundan boshlab uch oy ichida pensiya so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, pensiya TMEK nogironlikni belgilagan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun tayinlanadi. 60 yoshdan oshgan erkak va 55 yoshdan oshgan ayol nogironlarga nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanadi. Ularni qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi. Pensiyani tayinlash va to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Mehnat faoliyatiga layoqati cheklanganligi darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirish (mehnatga layoqati doimiy yoki uzoq muddat yo‘qotilganda) TMEKtomonidan amalga oshiriladi.
Fuqaro mehnat faoliyatiga layoqatli emas yoki unga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish mumkin emasligi (yoki zid ekanligi) belgilangan taqdirda TMEK mehnat qobiliyatining doimiy yoki uzoq muddatga yo‘qotilganligi to‘g‘risida te-gishli xulos-a chiqaradi.
Haq to‘lanadigan ishni bajarish yoki daromadning boshqa manbaiga ega (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) 1- va 2-guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi to‘lanmaydi.
Nogironlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
+ ish stajini, shu jumladan, maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
+ ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
+ ariza beruvchining jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (2005 yil 1 yanvardan keyin);
+ baxtsiz hodisa va sog‘liqning ishlab chiqarishda boshqa shikastlanishi to‘g‘risidagi hujjat yoki nogironlik mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo‘lea, boshqa rasmiy hujjat.
Bundan tashqari, zarur hollarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan shu to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (ariza beruvchi yashash joyi bo‘yicha bir o‘zi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida), yoshga doir pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar taqdim etiladi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi arizaga TMEKdan olingan tibbiy tekshirish dalolatnomasidan ko‘chirmani ilova qiladi.
O`rta Chirchiq tumani adliya bo`limi,
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev