Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Mediatorning faoliyati professional yoki noprofessional asosda amalga oshirilishi mumkin.


Mediatorning faoliyati professional yoki noprofessional asosda amalga oshirilishi mumkin.

Professional asosdagi mediator

Professional asosdagi mediator faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tgan, shuningdek Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs amalga oshirishi mumkin.

 

Noprofessional asosdagi mediator

Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini 25 yoshga to‘lgan va mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan shaxs amalga oshirishi mumkin.

Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs ham O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tishi mumkin.

 

Professional mediatorlar reyestri

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan Professional mediatorlar reyestri yuritiladi, ushbu reyestr ularning rasmiy veb-saytlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

Shaxs mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tganidan so‘ng Professional mediatorlar reyestriga kiritiladi.

O`rta Chirchiq tumani adliya bo`limi,

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev