Янгиликлар
Tadbirkorlarning vaqt va mablag’ bilan bog’liq ortiqcha harajatlari qisqartiriladi.
Tadbirkorlarning vaqt va mablag’ bilan bog’liq ortiqcha harajatlari qisqartiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-33-sonli qaroriga muvofiq;
Tadbirkorlarning vaqt va mablag' bilan bog'liq ortiqcha xarajatlarini qisqartirish maqsadida 2025-yil 1-maydan tadbirkor tomonidan tan olingan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo'yicha soliq organi tomonidan ushbu tadbirkorning banklardagi hisobvaraqlari bo'yicha operasiyalarni to'xtatib qo'yish tartibi joriy etiladi.
Bunda, tadbirkorlik subyekti soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olmagan hamda soliq organi tomonidan o'zining banklardagi hisobvaraqlari bo'yicha operasiyalar to'xtatib qo'yilishiga e'tiroz bildirgan taqdirda, ushbu masala amaldagi tartibga muvofiq soliq organi arizasiga asosan sud tomonidan hal etiladi.
Chirchiq shahar adliya bo’limi
YXKM boshlig’I A.Fayziyev