Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Noturar ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni ro'yxatdan o'tkazish yanada osonlashdi.


Noturar ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni ro'yxatdan o'tkazish yanada osonlashdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-son qaroriga muvofiq;

Endilikda noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish, unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni kompozit tarzda ko'rsatiladi:

1.     Ariza beruvchilar Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat qiladi;

2.     Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi hamda shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi;

3.     Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va davlat reyestridan ko‘chirmani Markazga yuboradi;

4.     Davlat xizmatlari markazi ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchilarni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchilarning so‘roviga ko‘ra ko‘chirma elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berilishi mumkin.

 

 

Chirchiq shahar adliya bo’limi

YXKM boshlig’I                                                                           

A.Fayziyev