Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri ochiq holda yuritiladi.


Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri ochiq holda yuritiladi.

O’zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 66-sonli qarori bilan “Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.

Mazkur reyestr Adliya vazirligi tomonidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida barcha uchun ochiq holda belgilangan shaklda yuritiladi.

Reyestrni shakllantirish va yuritish nazorat qiluvchi organlar tomonidan inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar roʻyxatini tuzish va tasdiqlash, ularni qayta koʻrib chiqish va yangilab borishni oʻz ichiga oladi.

Shuningdek, inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi takrorlanadigan va dolzarbligini yoʻqotgan omillarni bekor qilish hamda eʼlon qilib borish jarayonlarini qamrab oladi.

Reyestrni yuritishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

▪️nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik va oshkoralikni taʼminlash;

▪️tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

▪️tadbirkorlar faoliyatini noqonuniy toʻxtatish holatlarining oldini olish;

▪️davlat tomonidan nazorat qilish tizimining hisobdorligi va shaffofligini taʼminlash.

 

Chirchiq shahar adliya bo’limi

YXKM boshlig’I                                                                 

A.Fayziyev