Янгиликлар
Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish tartibidan xabardormisiz?
Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish tartibidan xabardormisiz?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qaroriga muvofiq;
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.
Xulosani berishga vakolatli organ: Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari hisoblanadi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 10 foizi.
Xulosa berganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: vakolatli organ tomonidan10 ish kuni deb belgilangan.
Xulosaning amal qilish muddati cheklanmagan.
Chirchiq shahar adliya bo’limi
YXKM boshlig’I
A.Fayziyev