Янгиликлар
Chet el fuqarosini ishga qabul qilish tartibi qanday?
Chet el fuqarosini ishga qabul qilish tartibi qanday?
Mehnat kodeksi 11, 19, 20, 30, 101, 112, 514-moddalari hamda 30-bobi 521-526-moddalari chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini tartibga soladi
“Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi Qonun 3, 15-moddalari.
“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun 17-bobi 107-113-moddalari chet ellik fuqarolarning O‘zbekistondagi mehnat faoliyatini tartibga soladi
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun. Qonunga 2-ilovaning 118-pozitsiyasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma olish talab etiladi. Qonunga 4-ilovaning 109-pozitsiyasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma olmaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida jarima solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.11.2018 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4008-son qarori.
2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni 3-ilova 5-pozitsiyasiga ko'ra, xorijda turib masofaviy (onlayn) shaklda faoliyat ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tasdiqnoma olish shart emas.
Chirchiq shahar adliya bo’limi
YXKM boshlig’I
A.Fayziyev