Янгиликлар
Ish haqi qisman saqlanadigan ta’til kimlarga beriladi?
Ish haqi qisman saqlanadigan ta’til kimlarga beriladi?
MK 240-moddasiga ko’ra, jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida xodimga ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berish imkoniyati nazarda tutilishi va bunday ta’tilning kalendar yil davomidagi eng ko‘p davomiyligi belgilanishi mumkin.
Ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berish nafaqat, jamoa shartnomasida balki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ham nazarda tutilishi mumkin.
Ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar ham mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar hisoblanadi. MK 18-moddasiga ko’ra, ish beruvchining yakka tartibdagi huquqiy hujjatlariga buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar kiradi.Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, ish beruvchi va xodim o’zaro kelishib xodimga ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berishi mumkin.
Jamoa shartnomasida nazarda tutilmaganligi uchun taraflar o’zaro kelishib muddat va miqdorni belgilab olishlari mumkin.Lekin xodimning saqlanib qoladigan 1 oylik ish haqi miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ya’ni 1 million 155 ming so’mdan kam bo‘lishi mumkin emas.
Chirchiq shahar adliya bo’limi
YXKM boshlig’I
A.Fayziyev