Янгиликлар
Savol: Ma’muriy jazoning turlari haqida bilasizmi?
Savol: Ma’muriy jazoning turlari haqida bilasizmi?
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:
jarima;
ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;
ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;
muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
41) haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish;
ma’muriy qamoqqa olish.
chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.
Chirchiq shahar adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti
Aqnazarov Ravshan