Янгиликлар
Pudrat shartnomasi haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?
Pudrat shartnomasi haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 631-moddasida Pudrat shartnomasi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Pudrat shartnomasi bo‘yicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig‘iga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to‘lash majburiyatini oladi. Agar qonunchilikda yoxud taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ishni bajarish uchun pudratchi tavakkal qiladi.
Pudrat shartnomasining ayrim turlari (maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyihalash yoki qidiruv ishlari pudrati, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati)ga, agar ushbu Kodeksning bunday turdagi shartnomalar to‘g‘risidagi qoidalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti
T.T.Bektoshev