Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Pudrat shartnomasi bo‘yicha bajariladigan ishlar haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?


Pudrat shartnomasi bo‘yicha bajariladigan ishlar haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 632-moddasida Pudrat shartnomasi bo‘yicha bajariladigan ishlar belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Pudrat shartnomasi ashyoni tayyorlash yoki uni qayta ishlash (ishlov berish) yoxud boshqa ishni bajarib, natijasini buyurtmachiga berish yoki boshqacha tarzda topshirish haqida tuziladi.

Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ish pudratchining materiallari, uning kuchi va mablag‘lari hisobidan bajariladi.

Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachining topshirig‘ini bajarish usullarini pudratchi mustaqil belgilaydi.

Pudratchi o‘zi bergan materiallar va uskunalarning sifati tegishli darajada bo‘lmaganligi uchun, shuningdek uchinchi shaxslar huquqlari bo‘lgan materiallar va uskunalarni berganligi uchun javobgar bo‘ladi.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        

T.T.Bektoshev