Янгиликлар
Bosh pudratchi va yordamchi pudratchi haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?
Bosh pudratchi va yordamchi pudratchi haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 634-moddasida Bosh pudratchi va yordamchi pudratchining huquqiy asoslari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Agar qonunchilikda yoki pudrat shartnomasida pudratchining shartnomada ko‘rsatilgan ishni shaxsan o‘zi bajarish majburiyatlari kelib chiqmasa, pudratchi o‘z majburiyatlarining bir qismini bajarish uchun boshqa shaxslar (yordamchi pudratchilar)ni jalb qilishga haqli. Bunday hollarda pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi.
Ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga va 334-moddasiga muvofiq, bosh pudratchi buyurtmachining pudrat shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun yordamchi pudratchi oldida javobgar bo‘ladi, buyurtmachi oldida esa, yordamchi pudratchi o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligining oqibatlari uchun javobgar bo‘ladi.
Agar qonun yoki pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachi va yordamchi pudratchining har biri bosh pudratchi bilan tuzgan shartnomalar buzilishi bilan bog‘liq talablarni bir-biriga qo‘yishga haqli emas.
Ushbu moddaning birinchi qismidagi qoidalarni yoki pudrat shartnomasini buzib, shartnomani bajarish uchun yordamchi pudratchini jalb qilgan pudratchi ushbu yordamchi pudratchi shartnomani bajarishda qatnashib, yetkazgan zarar uchun buyurtmachi oldida javobgar bo‘ladi.
Bosh pudratchining roziligini olgan holda buyurtmachi ayrim ishlarni bajarish uchun boshqa shaxslar bilan shartnoma tuzishga haqli. Bu holda mazkur shaxslar ishni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun bevosita buyurtmachi oldida javobgar bo‘ladilar.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti
T.T.Bektoshev