Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Pudratchi ishni bajarayotgan vaqtda buyurtmachining huquqlari haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?


Pudratchi ishni bajarayotgan vaqtda buyurtmachining huquqlari haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 642-moddasida Pudratchi ishni bajarayotgan vaqtda buyurtmachining huquqlari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Buyurtmachi pudratchining faoliyatiga aralashmagan holda istalgan vaqtda ishning borishini va sifatini tekshirishga haqli.

Agar pudratchi pudrat shartnomasini bajarishga o‘z vaqtida kirishmasa yoki ishni sust bajarishi natijasida uni belgilangan muddatda tugatish mumkin emasligi aniq bo‘lib qolsa, buyurtmachi shartnomadan voz kechib, yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Shu bilan birga agar ish kechiktirib bajariladigan bo‘lsa, buyurtmachi shartnomaga nisbatan o‘z qiziqishini yo‘qotganligini isbot qilishi lozim.

Agar ishni bajarish vaqtida uning tegishli darajada bajarilmasligi aniq bo‘lib qolsa, buyurtmachi pudratchiga kamchiliklarni yo‘qotish uchun oqilona muddat belgilashga va bu talabni pudratchi belgilangan muddatda bajarmagan taqdirda pudrat shartnomasidan voz kechishga yoxud bu kamchiliklarni pudratchi hisobidan tuzatishni boshqa shaxsga topshirishga, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.

Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachi ish natijasi o‘ziga topshirilgunga qadar istagan vaqtda shartnomadan voz kechib, belgilangan bahoning buyurtmachi shartnomadan voz kechganligi to‘g‘risidagi ogohlantirish olingunga qadar bajarilgan ishga mutanosib qismini to‘lashi mumkin. Buyurtmachi pudratchiga shartnomaning bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararni ham bajarilgan ishning bahosi bilan hamma ish uchun belgilangan baho o‘rtasidagi farq doirasida to‘lashi shart.

 

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        

T.T.Bektoshev