Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Maishiy pudrat shartnomasi haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?


Maishiy pudrat shartnomasi haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 656-moddasida Maishiy pudrat shartnomasining huquqiy asoslari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan pudratchi maishiy pudrat shartnomasi bo‘yicha buyurtmachi-fuqaroning topshirig‘i bilan uning maishiy yoxud boshqa shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ma’lum ishlarni bajarish majburiyatini, buyurtmachi esa ishni qabul qilish va haqini to‘lash majburiyatini oladi.

Agar qonunchilik yoxud shartnomada, shu jumladan buyurtmachi qo‘shilgan formulyarlar yoki boshqa standart shakllarning shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, pudratchi buyurtmachiga patta yoki buyurtma qabul qilinganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatni bergan paytdan boshlab maishiy pudrat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.

Mazkur hujjatlarning buyurtmachida bo‘lmasligi, uni maishiy pudrat shartnomasi tuzilganligini yoki uning shartlarini tasdiqlovchi guvohlar ko‘rsatmalarini vaj qilib keltirish huquqidan mahrum qilmaydi.

Maishiy pudrat shartnomasi ommaviy shartnomalar jumlasiga kiradi.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        

T.T.Bektoshev