Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Maishiy pudrat shartnomasida buyurtmachi huquqlarining kafolatlari haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?


Maishiy pudrat shartnomasida buyurtmachi huquqlarining kafolatlari haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 657-moddasida Maishiy pudrat shartnomasida buyurtmachi huquqlarining kafolatlarining huquqiy asoslari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Pudratchi maishiy pudrat shartnomasiga haq evaziga bajariladigan qo‘shimcha ishlar yoki xizmatlarni kiritishga buyurtmachini majbur qilishga haqli emas. Bu talab buzilgan taqdirda, buyurtmachi tegishli ish yoki xizmatga haq to‘lashdan bosh tortishga haqli.

Buyurtmachi ish unga topshirilguncha istagan vaqtda belgilangan haqning u pudrat shartnomasini bajarishdan voz kechganligi to‘g‘risidagi bildirishni pudratchi olgunga qadar bajarilgan ishga mutanosib qismini va shartnomani bajarish maqsadida shu paytgacha qilingan xarajatlarni pudratchiga to‘lab, agar bu xarajatlar ish uchun to‘lanadigan haqning ko‘rsatib o‘tilgan qismiga kirmasa, maishiy buyurtma shartnomasini bajarishdan voz kechishga haqli. Shartnomaning buyurtmachini bunday huquqdan mahrum qiluvchi shartlari o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        

T.T.Bektoshev