Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Maishiy pudrat shartnomasida bajarilgan ishda kamchiliklar borligini aniqlash oqibatlari haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?


Maishiy pudrat shartnomasida bajarilgan ishda kamchiliklar borligini aniqlash oqibatlari haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 663-moddasida Maishiy pudrat shartnomasida bajarilgan ishda kamchiliklar borligini aniqlash oqibatlarining huquqiy asoslari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Buyurtmachi ish natijasini qabul qilib olayotgan yoki pudrat narsasidan foydalanayotgan paytda kamchiliklarni aniqlasa, ushbu Kodeksning 650-moddasida nazarda tutilgan huquqlaridan birini ushbu Kodeks 652-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan umumiy muddat davomida, kafolat muddati bo‘lganida esa, shu muddat davomida amalga oshirishi mumkin.

Maishiy pudrat shartnomasi bo‘yicha bajarilgan ishning buyurtmachining o‘zi va boshqa shaxslar hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarini tekin bartaraf etish to‘g‘risidagi talab, agar qonunda belgilangan tartibda uzoqroq muddat (xizmat muddati) nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachi yoki uning qonuniy vorisi tomonidan ish natijasi qabul qilib olingan paytdan boshlab o‘n yil davomida qo‘yilishi mumkin. Bunday talab ushbu kamchiliklar qachon aniqlanganligidan qat’i nazar, shu jumladan ular kafolat muddati tugagandan so‘ng aniqlangan bo‘lsa ham, qo‘yilishi mumkin. Mazkur talab pudratchi tomonidan bajarilmasa, buyurtmachi yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida yo ish uchun to‘langan haqning tegishli qismini qaytarishni yoxud o‘z kuchi bilan yoki uchinchi shaxslar yordamida kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashni talab qilishga haqli.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        

T.T.Bektoshev