Янгиликлар
Qurilish pudrati shartnomasi haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?
Qurilish pudrati shartnomasi haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 666-moddasida Qurilish pudrati shartnomasining huquqiy asoslari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig‘i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to‘lash majburiyatini oladi.
Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni (jumladan uy-joy binosini), inshootni yoki boshqa obyektni qurish yoki qayta qurish haqida, shuningdek montaj, sozlash-ishga tushirish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Qurilish pudrati shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda obyektni buyurtmachi qabul qilib olganidan keyin uni shartnomada ko‘rsatilgan muddatda ishlatishni ta’minlash majburiyatini pudratchi o‘z zimmasiga oladi.
Tugallanmagan qurilishning mulkdori u buyurtmachiga topshirilguncha va uning haqi to‘languncha pudratchi hisoblanadi.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsultiT.T.Bektoshev