Янгиликлар
Qurilish pudrati shartnomasida loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?
Qurilish pudrati shartnomasida loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 671-moddasida Qurilish pudrati shartnomasida loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartishlar kiritishning huquqiy asoslari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Agar texnik hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish tufayli bajarilishi kerak bo‘ladigan qo‘shimcha ishlar qiymati jihatidan smetada ko‘rsatilgan qurilish umumiy qiymatining o‘n foizidan oshib ketmasa va qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan ishlarning xususiyatini o‘zgartirmasa, buyurtmachi texnik hujjatlarga o‘zgartishlar kiritishga haqli.
Texnik hujjatlarga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilganiga nisbatan kattaroq hajmda o‘zgartishlar kiritish taraflar kelishgan qo‘shimcha smeta asosida amalga oshiriladi.
Agar ishning qiymati pudratchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra smetadan kamida o‘n foiz oshgan bo‘lsa, pudratchi ushbu Kodeksning 382-moddasiga muvofiq smetani qayta ko‘rib chiqishni talab qilishga haqli.
Pudratchi loyiha-smeta hujjatlaridagi kamchiliklarni aniqlash va yo‘qotish bilan bog‘liq oqilona xarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti
T.T.Bektoshev