Янгиликлар
Qurilish pudrati shartnomasida qurilishni materiallar va uskunalar bilan ta’minlash haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?
Qurilish pudrati shartnomasida qurilishni materiallar va uskunalar bilan ta’minlash haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 672-moddasida Qurilish pudrati shartnomasida qurilishni materiallar va uskunalar bilan ta’minlashning huquqiy asoslari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Agar shartnomada butun qurilishni yoki uning muayyan qismini moddiy ta’minlash buyurtmachi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan bo‘lmasa, qurilishni materiallar, shu jumladan detallar va konstruksiyalar, shuningdek uskunalar bilan ta’minlash majburiyati pudratchi zimmasida bo‘ladi.
Qurilishni ta’minlash majburiyatini zimmasiga olgan taraf o‘zi topshirgan materiallar (detallar, konstruksiyalar)dan, shuningdek uskunalardan bajarilayotgan ishlar sifatini yomonlashtirmagan holda foydalanib bo‘lmasligi vujudga kelganligi uchun, agar foydalanib bo‘lmaslik ikkinchi taraf javob beradigan vaziyatlar tufayli vujudga kelganligini isbot qilmasa, javobgar bo‘ladi.
Buyurtmachi bergan materiallar yoki uskunalardan bajarilayotgan ishlar sifatini yomonlashtirmagan holda foydalanish mumkin emasligi aniqlangan va buyurtmachi ularni almashtirishdan bosh tortgan taqdirda, pudratchi qurilish pudrati shartnomasidan voz kechishga va buyurtmachidan ishning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda shartnoma narxini to‘lashni talab qilishga haqli.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsultiT.T.Bektoshev