Янгиликлар
Buyurtmachining qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha ishlarning bajarilishini tekshirishi va nazorat qilishi haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?
Buyurtmachining qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha ishlarning bajarilishini tekshirishi va nazorat qilishi haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 676-moddasida Buyurtmachining qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha ishlarning bajarilishini tekshirishi va nazorat qilishining huquqiy asoslari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Buyurtmachi, pudratchining operativ-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda, ishlarning bajarilishini va sifatini, ularni bajarish muddatlariga (grafikka) rioya etilishini, pudratchi bergan materiallarning sifatini, shuningdek buyurtmachining materialidan pudratchi to‘g‘ri foydalanayotganligini tekshirishga va nazorat qilishga haqli.
Buyurtmachi ishlarning bajarilishi ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshirayotganda qurilish pudrati shartnomasi shartlaridan ishlar sifatini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan darajada chekinishni yoki boshqa kamchiliklarni aniqlasa, bu to‘g‘rida darhol pudratchiga xabar berishi shart. Buni xabar qilmagan buyurtmachi aniqlangan kamchiliklarni keyinchalik vaj qilib keltirish huquqini yo‘qotadi.
Agar pudratchi buyurtmachidan qurilish jarayonida olgan ko‘rsatmalar qurilish pudrati shartnomasi shartlariga zid bo‘lmasa va pudratchining operativ-xo‘jalik faoliyatiga aralashishdan iborat bo‘lmasa, pudratchi bunday ko‘rsatmalarni bajarishi shart.
Ishni tegishli darajada bajarmagan pudratchi buyurtmachining bu ishlarni tekshirmagani va nazorat qilmaganini vaj qilib keltirishga haqli emas, qonunchilikda bunday tekshirish va nazoratni amalga oshirish buyurtmachining zimmasiga yuklangan hollar bundan mustasno.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti
T.T.Bektoshev