Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Qurilish pudrati shartnomasida ishlarni topshirish va qabul qilib olish haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?


Qurilish pudrati shartnomasida ishlarni topshirish va qabul qilib olish haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 680-moddasida Qurilish pudrati shartnomasida ishlarni topshirish va qabul qilib olishning huquqiy asoslari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Pudratchidan qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha bajarilgan ishlar natijasi yoki, agar shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ishlarning bajarilgan bosqichi topshirishga tayyor ekanligi to‘g‘risida xabar olgan buyurtmachi darhol uni qabul qilib olishga kirishishi shart.

Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachi ishlar natijasini qabul qilib olishni o‘z hisobidan tashkil etadi va amalga oshiradi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ishlarni qabul qilib olishda davlat organlarining va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari ishtirok etishi lozim.

Ishlarning alohida bosqichlarini oldindan qabul qilib olgan buyurtmachi ularning pudratchi aybdor bo‘lmagan holda nobud bo‘lish yoki shikastlanish xavfini, shu jumladan qurilish pudrati shartnomasida ishning pudratchi tomonidan tavakkal qilib bajarilishi nazarda tutilgan hollarda ham, o‘z zimmasiga oladi.

Ishlar natijasining pudratchi tomonidan topshirilishi va buyurtmachi tomonidan qabul qilib olinishi ikkala taraf imzolagan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Taraflardan biri dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, bu to‘g‘rida ushbu dalolatnomaga yozib qo‘yiladi va dalolatnomani ikkinchi taraf imzolaydi.

Sud dalolatnomani imzolashdan bosh tortish sabablarini asosli deb topsagina, ishlar natijasini topshirish yoki qabul qilishning bir taraflama dalolatnomasini haqiqiy emas deb topishi mumkin.

Qonunda yoki qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan yoki shartnoma yuzasidan bajariladigan ishning xususiyatidan kelib chiqqan hollarda ish natijasini qabul qilib olishdan oldin dastlabki sinov o‘tkazilishi kerak. Bunday hollarda ishlar faqat dastlabki sinov ijobiy natija bergandagina qabul qilib olinishi mumkin.

Bajarilgan ishda undan qurilish pudrati shartnomasida ko‘rsatilgan maqsadda foydalanish imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar borligi aniqlangan va ularni pudratchi, buyurtmachi yoki uchinchi shaxs bartaraf etishi mumkin bo‘lmagan taqdirda, buyurtmachi ishlar natijasini qabul qilib olishdan bosh tortishga haqli.

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        

T.T.Bektoshev