Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Qurilish pudrati shartnomasida sifat kafolatlari haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?


Qurilish pudrati shartnomasida sifat kafolatlari haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 682-moddasida Qurilish pudrati shartnomasida sifat kafolatlarining huquqiy asoslari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, pudratchi qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishishini va obyektni kafolat muddati davomida shartnomaga muvofiq holda ishlatish mumkinligini kafolatlaydi. Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha kafolat muddati nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafolat muddati obyekt buyurtmachi tomondan qabul qilingan kundan boshlab o‘n yilni tashkil etadi.

Agar pudratchi kafolat muddati davomida aniqlangan kamchiliklar (nuqsonlar) obyektning yoki uning qismlarining normal eskirishi, uning noto‘g‘ri ishlatilishi yoxud buyurtmachining o‘zi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar ishlab chiqqan qo‘llanmaning noto‘g‘riligi, obyektni buyurtmachining o‘zi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar tegishli darajada ta’mirlamaganligi oqibatida vujudga kelganligini isbotlay olmasa, bu kamchiliklar uchun javobgar bo‘ladi.

Kafolat muddati pudratchi javobgar bo‘lgan kamchiliklar natijasida obyektdan foydalanish mumkin bo‘lmagan butun vaqtga to‘xtatib turiladi.

Kafolat muddati davomida ushbu Kodeks 681-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan kamchiliklar aniqlangan taqdirda, buyurtmachi kamchiliklar aniqlangandan keyingi oqilona muddat davomida ular haqida pudratchini xabardor qilishi kerak.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        

T.T.Bektoshev