Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Inson huquqlari himoya qilishda adliya organlarining roli.


Inson huquqlari himoya qilishda adliya organlarining roli.

 

Inson huquqlari — bu har bir insonning tabiiy, daxlsiz va himoya qilinishi lozim bo‘lgan huquqlari bo‘lib, ular insonning erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati
va hayot sifatini ta’minlaydi. Bugungi kunda inson huquqlarini himoya qilish
— demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonda adliya organlari muhim rol o‘ynaydi.

Aytiz joizki, adliya organlarining muhim vazifalaridan biri sifatida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish yo‘nalishi hisoblanib, unga ko‘ra Adliya vazirligi hamda uning hududiy organlari tomonidan ushbu sohada insonlarning huquqlarini himoya qilish yildan yilga oshib bormoqda.

Birgina Toshkent viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish shu’basi tomonidan 2025-yil 1-ярим йиллик yakunlariga ko‘ra amalga oshirilgan ishlari tahlil qilinganda, davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan inson huquqlari sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha 7 ta o‘rganish va monitoringlar (12 ta tashkilot) o‘tkazilib, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 15 ta takliflar ishlab chiqildi.

Shuningdek, мазкур даврда 284 ta fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi hamda fuqarolarning davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha 13 ta taqdimnoma kiritilgan va 34 ta noqonuniy hujjatlar ijrosi to‘xtatilib, qonunga muvofiqlashtirildi hamda 2 ta da’vo arizalari sudlarga kiritilib, sudning jami 401 млн so‘mlik miqdorida zararni undirish yuzasidan hal qiluv qarorlari qabul qilindi, Shu bilan birga, davlat tashkilotlari tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlari buzilganligi holati bo‘yicha
3 ta ma’muriy takliflar kiritilib, tashkilotlarga qonun hujjatlarini buzish mumkin emasligi yuzasidan 46 ta ogohnomalar chiqarildi.

Xususan, fuqaro A. A. ning Nurafshon shahar hokimligi tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan noturar joy obekti uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlanmaganligi yuzasidan yoʻllagan murojaati koʻrib chiqildi.

Murojaatni koʻrib chiqish natijasiga koʻra, Adliya boshqarmasi tomonidan FIB Oʻrtachirchiq tumanlararo sudiga fuqaro A. A. ning manfaatida javobgar Nurafshon shahar hokimligiga nisbatan daʼvo arizasi kiritilib,
fuqaro A. A. foydasiga javobgar Nurafshon shahar hokimligidan 177 232 000 soʻm miqdorida kompensatsiya pullarini undirish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilinishiga erishildi.

Shuningdek, fuqaro A. E. ning “Toshkent viloyati yoʻllardan muntazam foydalanish” DM tomonidan 3 oylik ish haqi va mehnat shartnomasi bekor qilinganda toʻlanadigan toʻlovlar toʻlanmaganligidan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati koʻrib chiqildi.

Murojaatni koʻrib chiqish natijasiga koʻra, “Toshkent viloyati yoʻllardan muntazam foydalanish” DMga taqdimnoma kiritilib, fuqaro A. E.ga toʻlanmay qolgan 7 000 000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari toʻlanishi ta’minlandi.

Inson huquqlarini himoya qilishda adliya organlarining roli beqiyosdir. Ular qonun ustuvorligini ta’minlash, sud orqali adolatni tiklash, fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, huquqiy xavfsizlikni yaratishda muhim omildir. Mustaqil va samarali faoliyat olib boradigan adliya organlari jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlaydi va har bir insonning tabiiy huquqlari himoyasini kafolatlaydi. Shu bois, adliya organlarini takomillashtirish, ularning mustaqilligini ta’minlash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish inson huquqlarini himoya qilish tizimini yanada samarali qilishda muhim ahamiyatga ega.

 

Nuriddin Ismailov

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

Inson huquqlarini himoya qilish shu’basi boshlig‘i