Янгиликлар
Gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi eng yaxshi parlament amaliyoti sifatida e’tirof etildi.
Gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi eng yaxshi parlament amaliyoti sifatida e’tirof etildi.
O‘zbekistonning gender tenglikni ta’minlash va BMTning inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarida parlament ishtirokini ta’minlash sohasidagi tajribasi eng yaxshi amaliyot hisoblanadi.
Ulan-Bator shahrida 2025-yil 23-24-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan xalqaro seminarda shunday deb e’tirof etildi.
Seminarda O‘zbekistonning qonun chiqaruvchi hokimiyatda xotin-qizlar vakilligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari ham tadbir ishtirokchilarining alohida e’tiborini tortdi.
Hozirgi vaqtda mamlakat parlamentida xotin-qizlarning ulushi 38 foizdan ortiqni tashkil etadi, bunda siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatiladigan nomzodlarning kamida 40 foizi orasida xotin-qizlarning ishtirokini ta’minlaydigan gender kvotasi amal qilmoqda.
Yangiyo’l tumani adliya bo’limi
YUXKM bosh yuristkonsulti N.Norova