Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Haydovchilik guvohnomasini olish tartibi Milliy haydovchilik guvohnomasi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga belgilangan toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi va egasining shaxsini tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati hi


Haydovchilik guvohnomasini olish tartibi

Milliy haydovchilik guvohnomasi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga belgilangan toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi va egasining shaxsini tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati hisoblanadi.

Milliy haydovchilik guvohnomasi ariza beruvchiga 10 yil muddatga beriladi.

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqarolar Yagona imtihon markaziga (onlayn ruyxatdan o‘tish) onlayn yoki oflayn shaklida ariza topshiradi.

Quyidagi xujjatlarni taqdim qiladi:

  • ariza;
  • pasport yoki ID-karta;
  • №083 forma;
  • haydovchilarni o‘qitish maktabini tugatkanligini tasdiqlovchi guvohnoma.

 Nazariy va amaliy imtihonlarning narxi 1 million so‘mdan (agar imtihonni topshira olmasa 1,2 mln so‘mdan xar bir imtihon uchun to‘laydi(nazariy va amaliy))

Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlarga sertifikatlar beriladi, ular haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun 1 yil davomida asos bo‘ladi.

Shundan so‘ng, fuqarolar prava olish uchun YIHXX yoki Davlat xizmatlari markaziga sertifikat bilan murojaat qiladi. Bundan tashqari, onlayn ya’ni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish) orqali murojaat qilishlari mumkin. (Xizmat narxi 0.7 BHM)

 

Yangi yo’l tumani Adliya bo’limi

            YXKM Bosh yuriskonsult                                            Sh.Amriyev