Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Bojxona nazoratida ikki yo‘lakli tizim • Avtomobilь yo‘llari, temir yo‘llar va aviatsiya o‘tkazish punktlarida bojxona nazorati, deklaratsiya to‘ldirish hamda yo‘lovchilar va yukni tekshirish o‘rnatilgan tartibda ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash bilan amalg


Bojxona nazoratida ikki yo‘lakli tizim

  • Avtomobilь yo‘llari, temir yo‘llar va aviatsiya o‘tkazish punktlarida bojxona nazorati, deklaratsiya to‘ldirish hamda yo‘lovchilar va yukni tekshirish o‘rnatilgan tartibda ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash bilan amalga oshiriladi.
  • «yashil» yo‘lak — kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning ko‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy.
  • «qizil» yo‘lak — kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni, shuningdek deklaratsiyalanishi jismoniy shaxsning ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladigan tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy.
  • «Yashil» yo‘lak bo‘yicha bojxona chegarasi orqali olib kirish/olib chiqish taqiqlangan yoki cheklangan yoxud qiymati va (yoki) miqdori normasidan, bojxona to‘lovlari solinmaydigan tovarlarni olib kirishning cheklangan normalaridan yoki bojxona deklaratsiyasini taqdim etmasdan tovarlarni olib chiqishning cheklangan normalaridan ortadigan tovarlarni olib o‘tayotgani gumon qilinganda yoxud bu haqida axborot mavjud bo‘lsa, bojxona organining mansabdor shaxsi bunday shaxsga nisbatan bojxona qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlaydigan bojxona nazorati shaklini qo‘llash huquqiga ega.

·         Yangi yo’l tumani Adliya bo’limi

·         YXKM Bosh yuriskonsult                                            Sh.Amriyev