Янгиликлар
Xorijiy jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun transport vositasini vaqtinchalik olib kirish O‘zbekistonga xorijiy avtotransportni olib kirishda bojxona posti xodimi tomonidan kirish “avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risi
Xorijiy jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun transport vositasini vaqtinchalik olib kirish
O‘zbekistonga xorijiy avtotransportni olib kirishda bojxona posti xodimi tomonidan kirish “avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risidagi majburiyatlar”maxsus ikki nusxadagi blanka rasmiylashtiriladi.
Blankani rasmiylashtirish uchun xorijiy avtotransport vositasi egalari (haydovchilar) quyidagilarni taqdim etishi zarur:
- fuqarolik pasporti;
- avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
- boshqa og‘zaki ma’lumotlar.
Blankaning birinchi nusxasi bojxona postining kirish ish yuritishlarida qoladi, ikkinchi nusxasi xorijiy avtotransport vositasi egasiga (haydovchi) beriladi.
- O‘zbekiston hududida xorijiy avtotransport vositasidan foydalanganda uning egasi (haydovchi) yonida har doim “avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risidagi majburiyatlari” olib yurishi majbur.
- Mazkur transport vositasi bojxona hududida bo‘lishining umumiy muddati jami kalendar yili mobaynida 90 kalendar kundan oshishi mumkin emas.
- Transport vositasini mazkur sanadan oshgan davrga olib kirish kuniga motor hajmining har bir kub santimetri uchun 0,01 AQSh dollari miqdoridagi yig‘im har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lash shartida ruxsat beriladi.
· Yangi yo’l tumani Adliya bo’limi
· YXKM Bosh yuriskonsult Sh.Amriyev