Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

O‘zbekistondan madaniy boyliklarni olib chiqish va olib kirish tartibi


O‘zbekistondan madaniy boyliklarni olib chiqish va olib kirish tartibi

  • Xorijiy fuqarolar tomonidan O‘zbekistonga vaqtinchalik olib kiriladigan madaniy boyliklar (shu jumladan, xorijiy diplomatik va konsullik vakolatxonalar rahbarlari tomonidan), tegishli bojxona hujjatlarida ko‘rsatilishi zarur.
  • Bojxona hujjati mazkur madaniy boyliklarni qaytarib olib ketish uchun asos hisoblanadi.
  • Musiqa asboblari pasporti va bojxona organlarining qayd yozuvli kamonlar ham shuningdek, ularning O‘zbekistondan to‘siqlarsiz olib chiqish uchun asos bo‘ladi.
  • Madaniy boyliklar o‘zida milliy, tarixiy, badiiy, ilmiy-aqliy, ma’naviy-axloqiy va boshqa madaniy ahamiyatni ifodalaydigan moddiy dunyo predmeti hisoblanadi.

So‘nggi 50 yilda yaratilgan quyidagi madaniy boyliklar uchun olib ketishga ruxsat talab etmaydi:

  • gilamlar, gilam mahsulotlari, kashtado‘zlik, so‘zana (barcha tikuv mashina ishlab chiqarishlari);
  • elektrmusiqa asboblari;
  • rasmlar reproduktsiyasi, ikonlar, san’atga oid albomlar, plastinkalar;
  • sopol, chinni, billur, oyna, yog‘och, ommaviy fabrika ishlab chiqarish metallidan qilingan predmetlar, suvenir buyumlar;
  • 1 yoki 2 tomdan tashkil topgan badiiy, bolalar, ommabop adabiyotlar, nota nashrlari;
  • O‘zbekistonda o‘qiyotgan xorijiy fuqarolar bilan ilmiy-texnik almashish bo‘yicha O‘zbekistonda bo‘lib turgan xorij olimlari va ilmiy, o‘quv adabiyotlari;
  • davlat probasiga ega qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan qilingan zamonaviy zargarlik buyumlari;
  • orden kitobchasi yoki mukofot guvohnomasiga ega taqiladigan shaxsiy mukofotlar;
  • xalq badiiy hunarmandchilik va dekorativ-amaliy san’at mahsulotlari (jadval);
  • audivizual va fonogramma asarlari.

So‘nggi 50 yilda yaratilgan va yuqorida ko‘rsatilmagan madaniy boyliklarni O‘zbekistondan olib ketish uchun O‘zbekistondan madaniy boyliklarni olib ketish huquqidagi sertifikatni olish zarur.

Tegishli sertifikatni olish uchun ularning egasi O‘zbekiston Madaniyat vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishga majbur:

  • yozma ariza;
  • olib ketiladigan predmetlar  ro‘yxati;
  • o‘sha predmetlar.

Ko‘rib chiqish muddati: 10 kun

Amal qilish muddati: berilgan kundan boshlab 3 oy mobaynida.

Qat’iy olib ketib bo‘lmaydigan madaniy boyliklar:

  • 50 va undan ortiq yil avval yaratilgan;
  • davlat tomonidan qo‘riqlanadigan ro‘yxat va reestrga kiritilgan;
  • muzey, axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, idora arxivlari boshqa saqlanadigan joylarda muntazam saqlanadigan.

·         Yangi yo’l tumani Adliya bo’limi

·         YXKM Bosh yuriskonsult                                            Sh.Amriyev