Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Huquq normasi tuzilishiga ko'ra uch tarkibiy qismdan tashkil topgan.


Huquq normasi tuzilishiga ko'ra uch tarkibiy qismdan tashkil topgan.

1. Gipoteza – huquq normasining tarkibiy qismi bolib, unda norma amal qila boshlaydigan, ijro etiladigan sharoitlar bayon etiladi. Masalan, sudning fuqarolik ishlari boyicha arizalarni qabul qilishni rad etishga asos boluvchi gipotezali huquq normalari: davogarning bahslarni qonunda belgilangan tartiblarga rioya etib, dastlab suddan tashqari hal etishi, ishning ushbu sudga dahldor emasligi, layoqatsiz shaxs tomonidan ariza berilishi.

 

2. Dispozisiya – huquq subyektining yuridik muhim ahamiyatga ega bolgan hatti-harakati mazmunini ochib beradigan huquq normasining tarkibiy qismi. Agar gipoteza hokimiyat korsatmasini qollashga farmon bersa, dispozisiya ozida yuridik normalarning asosini aks ettiradi.

 

3. Sanksiya – huquq normasini bajarmaganlik uchun davlat organlari qo`llaydigan majburlov chorasi. Uning turlari: hayfsan, jarima, ozodlikdan mahrum etish. Huquq normasi quyidagilarni belgilab beradi: 1) kim, nimani va qashon qilishi kerak-dispozisiya; 2) bu harakatni qaysi sharoitlarda amalga oshirish kerak-gipoteza; 3) huquq normasi bajarilmasligining oqibatlari qanday – sanksiya.

 

Yangi yo’l tumani Adliya bo’limi

YXKM Bosh yuriskonsult                                     M.A.Nurnazarov