Янгиликлар
Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lagan holda tovarlarni vaqtincha olib kirish
Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lagan holda tovarlarni vaqtincha olib kirish
Davriy bojxona to‘lovlari:
tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimida turgan har bir to‘liq va to‘liq bo‘lmagan kalendar oy uchun, ushbu tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan kunda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona bojlari va soliqlar summasining besh foizi miqdorida chet el valyutasida hisoblab chiqariladi;
ular to‘lanadigan kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‘lanadi;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
Davriy bojxona to‘lovlarini hisoblashda tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda bo‘lgan bojxona to‘lovlari stavkalari qo‘llaniladi.
Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lab tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirayotgan shaxs quyidagi huquqlarga ega:
to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarining umumiy summasini to‘lash;
tegishli davr boshlanguniga qadar davriy bojxona to‘lovlarini har oyda yoxud yilning har choragida to‘lash.
To‘lanadigan davriy bojxona to‘lovlarining umumiy summasi tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan kuni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda to‘lanishi lozim bo‘lgan, chet el valyutasida hisoblab chiqarilgan bojxona to‘lovlarining summasidan oshmasligi lozim.
Davriy bojxona to‘lovlarining to‘langan summalari:
vaqtincha olib kirilgan tovar olib chiqilgan yoxud boshqa bojxona rejimlariga joylashtirilgan taqdirda qaytarilmaydi;
ushbu tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari summasi hisobiga o‘tkaziladi.
Yangiyo’l tuman adliya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti M.A.Nurnazarov