Янгиликлар
Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga o‘tkazish
Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga o‘tkazish
Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga o‘tkazishga, unga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berishga quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi:
tovarni yoki unga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazuvchi vakolatli shaxs bojxona organini oldindan yozma shaklda xabardor etadi;
tovarga bo‘lgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs ushbu tovarga nisbatan tanlangan bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda bojxona deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etadi.
Vakolatli shaxsning tovarga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqi bojxona deklaratsiyasi bojxona organiga berilgan paytdan e’tiboran boshqa shaxsga o‘tkazilgan deb hisoblanadi. Bojxona deklaratsiyasi berilgan paytda mazkur shaxsda bojxona rejimiga rioya etilishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan
Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarning ushbu birinchi qismiga muvofiq boshqa shaxsga o‘tkazilganligi bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni saqlash muddatini to‘xtatib turmaydi va uzaytirmaydi.
Yangiyo’l tuman adliya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti M.A.Nurnazarov