Янгиликлар
Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga yangi chora-tadbirlar belgilandi
Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga yangi chora-tadbirlar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasida raqamli texnologiyalar sohasida malakali kadrlar tayyorlash, yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashini rag‘batlantirish hamda xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni yetishtirish maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Unga ko‘ra, 2024-yil 1-martdan boshlab quyidagi yangiliklar joriy etiladi:
Yangi imkoniyatlar va subsidiyalar
-
Nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashsa, o‘quv markaziga bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratiladi.
-
Agar ishga joylashgan bitiruvchi nogironligi bo‘lgan yosh bo‘lsa, subsidiya miqdori 105 baravargacha etadi.
-
Xalqaro IT-sertifikatlarga ega bo‘lgan yoshlarning o‘qish va sertifikat xarajatlarining 60 foizi davlat tomonidan qoplanadi.
-
Ingliz tilini B2 yoki undan yuqori darajada biladigan yoshlarning xalqaro IT-sertifikat xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Davlat xizmatlari – onlayn
Barcha jarayonlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi. Unda:
-
nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini ro‘yxatga olish,
-
arizalarni ko‘rib chiqish va natijalarni e’lon qilish,
-
subsidiyalar va xarajatlarni qoplab berish xizmatlari bepul ko‘rsatiladi.
Jarayonlarning shaffofligi Raqamli texnologiyalar vazirligining maxsus axborot tizimi orqali nazorat qilinadi.
Moliyalashtirish tartibi
-
Bitiruvchilar uchun ajratiladigan subsidiya Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
-
Xalqaro IT-sertifikatlar uchun xarajatlarning bir qismini yoki to‘liq qoplash esa Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Vazifalar va muddatlar
-
Raqamli texnologiyalar vazirligi ikki hafta muddatda talab yuqori bo‘lgan IT-yo‘nalishlar ro‘yxatini tasdiqlaydi va muntazam yangilab boradi.
-
Bir oy ichida Yagona portal orqali xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratadi.
-
2025-yil 1-yanvarga qadar dastur samaradorligini o‘rganib, uni boshqa tashkilotlarga ham tatbiq etish bo‘yicha taklif kiritadi.
-
Ikki oy ichida vazirlik veb-saytida nodavlat ta’lim tashkilotlarining onlayn reyting tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Hukumatning vazifalari
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
-
subsidiya miqdorlarini,
-
unga qo‘yiladigan talablarni,
-
xalqaro IT-sertifikat xarajatlarini qoplash tartibini,
-
mas’ul vakolatli organlarni belgilovchi qaror qabul qiladi.
Raqamlashtirsh bo'yicha bosh maslahatchi
B.Fayzullayev