Янгиликлар
Nogironligi bo’lgan shaxslarni huquqiy jihatdan qullab quvvatlash.
Nogironligi bo’lgan shaxslarni huquqiy
jihatdan qullab quvvatlash.
O’zbekiston Respublikasida nogironligi bo’lgan shaxslarni har tomonlama qullab bandligini qo’llab quvvatlashning qo’shimcha chora- tadbirlari to’grisida’’ hukumatimizni qarori qabul qilindi. Unga kura nogironligi bo’lganlar quvvatlash maqsadida [405-son,01.07 .2025 y] “Nogironligi bo’lgan shaxslarni bandligini ta’minlash hamda nogironligi bo’lgan tadbirkorlarga subsidiyalar ajratish tartiblari belgilandi.
Bitta tashkilotda nogironligi bo’lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun jami 500mln so’mdan ko’p bo’lmagan miqdorda subsidiya olishi mumkin.
Bandlikka kumaklashish subsidiyalarini olish uchun tadbirkor electron reystrdagi I va II guruh nogironligi bo’lgan fuqarolarning kamida 3 oy davomida uzluksiz rasmiy bandligini ta’minlash hamda bu davrda unga har oyda MHTEKMning 2 baravaridan (2,31mln so’m ,1-avgustdan 2,542 mln so’m) kam bo’lmagan miqdorda ish haqi to’lab beriladi.
Nogironligi bo’lgan shaxslarning ish o’rinlariga moslashgunlaricha ularga psixolog surdatarjimon yoki hamkorlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlarga 50mln so’mgacha miqdorda ajratiladi.
Subsidiyaning har oylik miqdori quyidagicha ;
Surdotarjimon xizmati uchun BHMning 8baravari.
Psixolog xizmati uchun BHMning 10baravari.
Hamrohlik xizmati uchun BHMning 5baravari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni (PF-91 -son ,02.06.2025y)ga ko’ra 2025 yil 1 iyuldan nogironlik pensiyasining eng kam miqdori 1012 000 so’m qilib belgilandi
Ushbu berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarning aksariyati imkoniyati cheklanganlarni huquqiy jihatdan ta’minlashni amalga oshirishga qaratiladi.
Yangiyo’l tumani adliya bo’limi
YUXKM bosh yuristkonsulti N.Norova