Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Oylik, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi


                                       Oylik, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi

 

“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-91-son, 02.06.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan pensiya va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari 10 foizga oshiriladi.

Bunda: yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m;

nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m;

kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

▪️ 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 275 000 so‘m;

▪️ oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 165 000 so‘m;

▪️ oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 110 000 so‘m;

kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m etib belgilandi.

2025 yil 1 avgustdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.

2025 yil 1 iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 so‘m etib belgilandi.

2025 yil 1 avgustdan:

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m;

bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilandi.

 

Yangiyo’l tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i                                                                 R.Galiyev