Янгиликлар
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari
Agar yuridik shaxsning yagona ta’sischisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmasi hisoblansa, unga qator soliq imtiyozlari qo‘llaniladi. Bu imtiyozlar bevosita Soliq kodeksida belgilangan.
Birinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i masalasida. Soliq kodeksining 243-moddasiga ko‘ra, bunday korxonalarning aylanmasi QQSdan ozod qilinadi.
Ikkinchidan, foyda solig‘i to‘lash tartibi ham yengillashtirilgan. Soliq kodeksining 337-moddasi asosida, bu kabi yuridik shaxslar foyda solig‘ini nol stavkada to‘laydi.
Uchinchidan, mol-mulk solig‘i bo‘yicha ham to‘liq imtiyoz beriladi. Soliq kodeksining 414-moddasida bu ochiq-oydin belgilangan.
To‘rtinchidan, yer solig‘i bo‘yicha yengillik mavjud. Xususan, 429-moddaga asosan, ular egalik qiladigan yer uchastkalari uchun soliq stavkasi 0,25 koeffitsient bilan hisoblanadi.
Beshinchidan, aylanmadan olinadigan soliq ham maxsus tartibda belgilangan. Soliq kodeksining 467-moddasiga ko‘ra, mazkur soliqning stavkasi nol foiz qilib belgilanadi.
Biroq, bu imtiyozlardan foydalanish uchun qo‘shimcha shartlar mavjud:
➖ korxona xodimlarining kamida yarmi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lishi lozim;
➖ ularning mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy ish haqi fondining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.
Parxatov Mardonbek Davronbekovich