Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

OLIY TA’LIM TASHKILOTLARI TALABALARI UCHUN TAYYORLANGAN O‘QUV ADABIYOTLARINI EKSPERTIZADAN O‘TKAZISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???


OLIY TA’LIM TASHKILOTLARI TALABALARI UCHUN TAYYORLANGAN O‘QUV ADABIYOTLARINI EKSPERTIZADAN O‘TKAZISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???

Bugungi kunda, aholining ijtimoiy muhofaza qilish va fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Xususan, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgust kunidagi “Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 530-son Qarori bilan tartibga solinishi nazarda tutilgan.

Xususan, mazkur qarorning 1-ilovasi 6-bandiga muvofiq elektron o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan, oliy harbiy ta’lim muassasalarining “Xizmat doirasida foydalanish uchun” va “Maxfiy” griflari mavjud bo‘lgan o‘quv adabiyotlarini chop etishga ruxsat berish tartibi tizimida ushbu oliy harbiy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan, “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” sohalariga oid o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.

Talabgor YIDXP orqali murojaat qilganda, o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazish uchun arizani elektron shaklda to‘ldiradi hamda tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.

Agar o‘quv adabiyoti hammualliflikda tayyorlangan bo‘lsa, asosiy muallif yoki hammualliflardan biri qolgan mualliflar bilan kelishgan holda ularning nomidan ariza berishi mumkin.

Bunda arizada hammualliflarga tegishli ma’lumotlar to‘g‘ri qayd etilgani uchun talabgor javobgar hisoblanadi.

YIDXP orqali murojaat qilinganda ariza avtomatik tarzda ishchi organga yuboriladi.

Talabgor Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani to‘ldiradi hamda ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan hujjatlarni elektron shaklda qabul qiladi, ro‘yxatdan o‘tkazadi va talabgor tomonidan tasdiqlangandan so‘ng arizani 10 daqiqa mobaynida ekspertizadan o‘tkazish uchun ishchi organga yuboradi.

Ishchi organ uch ish kuni ichida Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuborilgan arizaga tegishli hujjatlarni dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkazadi.

Talabgorga dastlabki texnik ekspertiza jarayonida aniqlangan kamchiliklarni uch ish kuni ichida bartaraf etish imkoniyati beriladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish kamchiliklarni bartaraf etish vaqtida to‘xtatib turiladi va bu haqida talabgorga xabar yuboriladi.

Ishchi organ dastlabki texnik ekspertizadan o‘tgan arizalarni ekspertga yuboradi.

Talabgor salbiy baholangan o‘quv adabiyotini ekspert tomonidan berilgan xulosa asosida kamchiliklarni bartaraf etgan holda Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali qayta ariza berishi mumkin.

Bunda qayta beriladigan ariza yangi ariza sifatida qabul qilinadi va to‘lov undirilishiga asos bo‘ladi.

O‘quv adabiyotiga berilgan xulosaga ekspert shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Ishchi organ bir ish kuni ichida o‘quv adabiyotining ekspertiza ma’lumotnomasini (matrik shtrixli kod qo‘yilgan) rasmiylashtiradi va o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboradi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolar tomonidan o‘zlari yashab turgan tuman(shahar) davlat xizmatlari markaziga murojaat etishlari yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tishlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

 

Qibray tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi servis memenjeri Avalboyeva Soxiba Balqirahmon qizi