Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yo'lga qo'yiladi


Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yo'lga qo'yiladi

 

“Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish bo'yicha manzilli choralar” Konsepsiyasi tasdiqlandi.

Mahallalarda alohida tashkiliy-profilaktik tadbirlar hamda manzilli choralar bilan ilmiy-amaliy yondashuvlarni uyg'unlashtirgan holda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va xavfsiz muhitni yaratish Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Konsepsiyaga ko'ra, tuman (shahar) ichki ishlar organi boshlig'i va prokurorning xizmat xonasi 2025-yil yakunigacha bevosita mahallada tashkil etilib, kundalik ishining boshlanishi va yakuni aynan o'sha yerda amalga oshiriladi.

Mahallalarda bosqichma-bosqich mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yo'lga qo'yiladi.

Ijtimoiy profilaktika obyektlari, ayniqsa, oila-turmush doirasida huquqbuzarliklar sodir etuvchi shaxslarning (janjalkash va nizoli oilalar) holidan majburiy ravishda kamida har 3 kunda xabar olish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish borasida “mahalla yettiligi” tomonidan fuqarolar o'rtasida targ'ibot-tashviqot ishlarini olib boruvchi “mahalla targ'ibotchisi” jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi.

Mahalladagi jamoat joylari, ko'p qavatli turarjoy va uylar oldida “tashvish” tugmalari o'rnatiladi.

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YXKM bosh yuristkonsulti                                               A.A.Abdug‘affarov