Янгиликлар
Investiеsiya faoliyati zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi
Investiеsiya faoliyati zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi
2025-yil avgust oyining so‘nggi o‘n kunligida qabul qilingan “Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan investisiya faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qaroriga ko'ra, 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-oktabrgacha investisiya platformalaridan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida quyidagi yo'nalishlarda foydalanishga ruxsat beriladi:
- qimmatli qog'ozlarni joylashtirish va sotib olishda;
- venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda;
- kommandit shirkatlarga hissa kiritishda.
Investiеsiya platformalari operatori uchun quyidagi talablar belgilandi:
- rezident yuridik shaxs maqomiga ega bo'lishi;
- vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron reestrga kiritilgan bo'lishi;
- o'z faoliyatini vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshirishi;
- investisiya platformasi orqali rasmiylashtirilgan shartnomalar reyestrini yuritishi.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov