Янгиликлар
Aholiga ixtisoslashtirilgan nevrologik yordam ko'rsatish samaradorligi oshirilishi haqida batafsil
Aholiga ixtisoslashtirilgan nevrologik yordam ko'rsatish samaradorligi oshirilishi haqida batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida ko'zlangan asosiy maqsadlar quyidagicha:
- aholiga ixtisoslashtirilgan nevrologik yordam ko'rsatish samaradorligini oshirish;
- sohadagi tibbiyot va ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy va diagnostik asbob-uskunalar bilan jihozlash.
Loyihani amalga oshirish muddati 2025–2032-yillar etib belgilangan.
Qarorga ko'ra, Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nevrologiya va neyroreabilitasiya milliy tibbiyot markazi deb qayta nomlandi.
Sog'liqni saqlash vazirligi JICA ko'magida yaponiyalik mutaxassislar guruhini jalb etish uchun YAponiyaning “Yakuzemi Information Education Center” konsalting kompaniyasi bilan xorijiy valyutada 1 yil muddatga shartnoma imzolashi belgilangan.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov