Янгиликлар
Uchuvchisiz uchadigan apparatlar yordamida xizmatlar ko'rsatish ko'lami tobora kengaymoqda
Uchuvchisiz uchadigan apparatlar yordamida xizmatlar ko'rsatish ko'lami tobora kengaymoqda
Davlat rahbarining tegishli farmoniga ko'ra, qishloq xo'jaligi tashkilotlariga robototexnika, dron va boshqa qurilmalar yordamida xizmatlar ko'rsatiladi.
Dron xizmatlaridan foydalanish uchun Agroportal orqali ariza berish, shartnomalarni tuzish va to'lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Agroportal orqali uchish balandligi 30 metrgacha bo'lgan dronlar yordamida ko'rsatiladigan xizmatlar vakolatli idoralar bilan kelishilgan hududlarda ularning yillik ruxsatnomalari asosida taqdim etiladi.
Shuningdek, Agroportalda quyidagi xizmat turlari joriy qilinadi:
2025-yil 1-dekabrdan ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarni belgilash, ijara shartnomasini tuzish, davlat ro'yxatdan o'tkazish va to'lovlarni amalga oshirish;
2026-yil 1-martdan qishloq xo'jaligi yerlari toifasini o'zgartirish yuzasidan arizalar berish, ularning holatini onlayn kuzatib borish va natijalarini taqdim etish.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov